Trampni o‘ldirishga urinishda ayblangan shaxs umrbod qamaldi.
Florida shtatining Janubiy okrugi Rayan Uesli Rutni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. U ilgari 2024 yilgi prezidentlik kampaniyasi paytida Donald Trampga suiqasd qilishga urinishda ayblangan edi. Bu haqda Fox News xabar bergan.
"Rayan Rut umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi", deyiladi kanal bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Tramp 2024 yilda ikkita suiqasd urinishidan omon qolgan. Ulardan biri 13 iyul bo‘lajak prezidentning Pensilvaniya shtatidagi saylovchilar oldidagi nutqida sodir bo‘ldi.