AQSh prezidenti Donald Tramp FQBni «feyk» OAVga ma’lumot berilgani uchun tanqid ostiga oldi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
Shuningdek, uning ma’lum qilishicha, mahkama uchun «haqiqat hech qanday ahamiyatga ega emas».
«FQB feyk OAVga nega buncha ko‘p ma’lumot bergan? Ular feyk yangiliklar xalq dushmani ekanini bilgan va buni qilishi kerak emas edi, ular o‘zlariga foydali tomonni olishmoqda - ularga haqiqat hech qanday ahamiyat kasb etmaydi!», - deya yozdi Tramp.
Manba: kun.uz