Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp yana Eronga zarba berishni ko‘rib chiqmoqda — xorijiy OAV

Tramp yana Eronga zarba berishni ko‘rib chiqmoqda — xorijiy OAV

Axios va CBS manbalariga ko‘ra, Donald Tramp 22 may kuni Pentagon va Markaziy razvedka boshqarmasi rahbarlari bilan Eronga qarshi yangi ehtimoliy hujumlarni muhokama qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Oq uy hatto prezidentning dam olish kunlari rejasini o‘zgartirib, harbiy va razvedka amaldorlari bilan uchrashuvlar tayinlagan. Tramp Nyu-Jersidagi golf o‘yini va o‘g‘lining to‘yida ishtirok etishni ham bekor qilgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, agar muzokaralarda “so‘nggi daqiqadagi yutuq” bo‘lmasa, AQSh Eronga qarshi yangi harbiy harakat boshlashi mumkin.

Shu bilan birga, Qatar va Ummon vositachilik jarayonlarida faol ishtirok etmoqda. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Qatar delegasiyasi Vashington bilan muvofiqlashtirilgan holda Tehronga kelgan.

Bloomberg esa Saudiya Arabistoni va BAA Trampni diplomatik muzokaralarga ko‘proq vaqt berishga chaqirganini yozmoqda.

Avvalroq Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh yoki Isroil hujumlarni qayta boshlasa, mintaqada “vayronkor javob zarbalari” bo‘lishidan ogohlantirgan edi.

Kiritildi: Bugun 21:41. O'qildi: 166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!