Bugun 30 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp o‘zini Linkoln va Vashingtondan ham yuqori qo‘ydi

Tramp o‘zini Linkoln va Vashingtondan ham yuqori qo‘ydi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat prezidentlariga o‘z bahosini berib, o‘zi tuzgan reytingda o‘zini «eng buyuk» deb atadi.

Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan ro‘yxatda o‘zi uchun alohida «Eng buyuk» toifasini ajratgan. Avraam Linkoln, Jorj Vashington, Franklin Ruzvelt, Vudro Vilson, Tomas Jefferson va Endryu Jekson esa «Buyuklar» qatoriga kiritilgan.

Reytingning eng quyi qismiga esa Jo Bayden, Barak Obama, Jimmi Karter, Uliss Grant va Uorren Garding joylashtirilgan. Tramp ularni «muvaffaqiyatsiz» prezidentlar sifatida baholagan.

Shu bilan birga, ro‘yxatga Ronald Reygan, Jon Kennedi, Duayt Eyzenxauer va yana bir qator sobiq prezidentlar umuman kiritilmagan. Tramp buning sababini izohlamagan.

Kiritildi: 15:06 29.08.2026. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!