Bugun 21 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp urushni yakunlashga qat’iy ahd qildi

Tramp urushni yakunlashga qat’iy ahd qildi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainada deyarli uch yildan beri davom etayotgan urushni tugatishga qat’iy ahd qilganini, uning bo‘lajak milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Tramp aniq-ravshan aytmoqda: bu urush tugashi kerak. Bilasizmi, bu mojaro yakunlanishi lozim va prezident Tramp buni juda aniq tushuntirdi hamda bunga erishish niyatida. Hamma Ukrainadagi urushni to‘xtatishga rozi bo‘lishi kerak va (Ukraina prezidenti Vladimir) Zelenskiy ham bu nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlamoqda," - dedi maslahatchi.

Mayk Uols kelishuvning uchta asosiy jihatini ta’kidlab o‘tdi: muzokaralar ishtirokchilari tarkibi, ularni tashkil etish va kelishuv doirasi.

"Birinchidan, muzokaralar stoliga kimlarni taklif etamiz? Ikkinchidan, ularni qanday qilib stol atrofiga o‘tqazamiz? Va uchinchidan, kelishuv doirasi qanday bo‘ladi?" - dedi u.

Maslahatchi, shuningdek, Ukrainadagi urush "qirg‘inbarot" ekanligini va "Uchinchi jahon urushini keltirib chiqarishi" mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Kiritildi: 20:12 20.01.2025. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!