Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Tramp Ukraina va Isroil bo‘yicha siyosatni shakllantirishni boshladi

Tramp Ukraina va Isroil bo‘yicha siyosatni shakllantirishni boshladi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirishiga ikki oydan ortiq vaqt qolishiga qaramasdan, mamlakat uchun muhim yo‘nalishlar – Ukraina va Isroil bo‘yicha siyosatni shakllantirishni boshladi — Bloomberg.

Agentlikning xabar berishicha, Amerika siyosatidagi eng keskin o‘zgarish Ukrainada seziladi, Kiyev muzokaralarning muqarrarligini tushuna boshlaydi. Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida bir necha bor lavozimga kirishidan oldin Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal qilishni va’da bergan.

"Isroil Tramp prezidentligidan eng ko‘p naf ko‘radi. Bosh vazir Binyamin Netanyahu Trampning uzoq yillik ittifoqchisi, Bayden bilan esa munosabatlari keskinlashgan. Chunki AQShning amaldagi ma’muriyati G‘azo sektoridagi janglarni to‘xtatishga chaqirgan. Tramp allaqachon Isroilga, ayniqsa Tehron o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, Eronga nisbatan ehtimoliy zarbalar tayyorlashda ko‘proq harakat erkinligi berishini ma’lum qilgan", deb yozadi Bloomberg.

Kiritildi: 20:33 09.11.2024. O'qildi: 992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!