AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp o‘z inaugurasiyasigacha ham Ukrainadagi mojaroni hal qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Oval ofisni egallashimdan oldin ham, biz prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganimizdan ko‘p o‘tmay, men Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bu dahshatli urushni hal qilaman. Men shunday bayonot bera oladigan yagona odamman: men uchinchi jahon urushining oldini olaman”, - dedi u.