AQSh prezidenti Donald Trump Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha muzokaralardan voz kechmaydi. Bu fikrni siyosatshunos, Innovasion rivojlanish instituti Geosiyosiy tadqiqotlar markazi direktori Dmitriy Rodionov bildirdi.
U RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida Tramp uchun noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Kongress saylovlari hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan.
“Uning uchun bu saylovlar eng muhim masala. Ich-ichidan u Ukraina masalasidan muayyan siyosiy foyda olishga hali ham umid qilayotgan bo‘lishi mumkin”, — dedi Rodionov.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, agar Tramp saylovlar oldidan ushbu jarayondan siyosiy ustunlikka erisha olmasligini anglasa, AQShning Ukraina inqirozini hal etishdagi ishtiroki susayishi mumkin. Shu bilan birga, hatto siyosiy manfaat ko‘rinmasa ham, Vashington rasman muzokaralardan chiqib ketmaydi, deb hisoblaydi u.