Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tramp UFC turnirini tomosha qilishga keldi

Tramp UFC turnirini tomosha qilishga keldi

AQSh prezidenti Donald Tramp 2 noyabr, shanba kuni Nyu-Yorkda o‘tkazilgan UFC 244 kechasiga tashrif buyurdi.

Prezident Nyu-Yorkdagi “Madison Square Garden” arenasidagi janglarni Respublikachilar partiyasi rahbariyati vakillari, shuningdek, ikki o‘g‘li, kichik Donald va Erik bilan birga kuzatdi.

Arenaga kirish qismida Trampga qarshi hayqiriqlar yangradi.

Qayd etish kerakki, bir necha kun muqaddam Vashingtonda beysbol bo‘yicha chempionat vaqtida prezidentga hushtakbozlik qilingandi.

Ammo shanba oqshomida prezidentni aralash kayfiyatdagi insonlar qarshi olishdi - ham olqishlashdi, ham hushtakbozlik qilishdi.

Odamlar «Trampni yo‘qoting» va «Trampga impichment» yozuvlari tushirilgan plakatlarni ham ko‘tarishdi.

Shu haftada AQSh Kongressi prezident Donald Trampga qarshi impichment jarayonini boshlash to‘g‘risidagi rezolyusiyani qabul qilgandi.

1993 yilda tuzilgan UFC (Ultimate Fighting Championship) sport tashkiloti aralash sport turlari bo‘yicha chempionatlarni uyushtirib kelmoqda.

Hozirda dunyo bo‘ylab ushbu turnirning millionlab muxlislari mavjud, Konor MakGregor va Ronda Rauzi kabi sportchilar esa superyulduz maqomida.

 

Kiritildi: 16:50 03.11.2019. O'qildi: 2371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!