AQSh Prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonga kutilmagan tashrif bilan keldi. Bu haqda payshanba kuni Oq uy vakillari ma’lum qildi.
AQSh rahbari Afg‘onistonga amalga oshirgan ilk tashrifi doirasida mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi. Shuningdek, prezident Tramp amerika harbiylari qo‘nim topgan Bagram aviabazasida bo‘lib, mamlakatdagi amerikalik harbiylarni “Shukronalik kuni” bilan tabrikladi.
Uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida AQSh prezidentining aytishicha, toliblar Vashington bilan tinchlik bitimi tuzmoqchi. Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston hududidagi qo‘shinlar sonini 8600 nafargacha qisqartirmoqda
Uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida AQSh yetakchisi tolibonlar ikki tomonlama muzokaralarni tinchlik kelishuvi bilan yakunlashga intilayotganini ta’kidladi.
Prezident, shuningdek, ushbu kelishuv o‘z natijasini berishini qayd etdi.