Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Tramp: “Turkiyani yer bilan bitta qilaman!”

Tramp: “Turkiyani yer bilan bitta qilaman!”

Turkiya Suriyaning shimoli-g‘arbida harbiy operasiya o‘tkazishga tayyorlanar ekan, AQSh harbiylari hududni tark eta boshladi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa Tvitterdagi sahifasi orqali Anqaraga do‘q urdi: “Agar chegaradan o‘tib ketilgan deb o‘ylasam, Turkiyaning iqtisodini yer bilan bitta qilaman!” Bu haqda "sof.uz" yozmoqda.

Trampning fikricha, AQSh ISHIDga qarshi kurashda odamning tasavvuriga sig‘adiganidan ham ko‘prog‘ini qildi va endi Amerika o‘z hududini himoyalaydigan payt keldi. “AQSh juda buyuk!” – deb qo‘shib qo‘ydi u.

Shuningdek, AQSh prezidenti turklar, yevropaliklar va boshqalar ISHID jangarilari va ularning oilalariga ko‘z-quloq bo‘lib turishi kerakligini ta’kidladi.

Turkiya Suriyaning shimoli-g‘arbi kurd jangarilaridan xoli bo‘lishi va bu hududlarga Turkiyadagi suriyalik qochqinlarni joylashtirishni istaydi. AQSh esa Suriyada kurdlar bilan hamkorlik qilib kelgan.

Kiritildi: 11:33 08.10.2019. O'qildi: 3775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!