Agentlik manbasiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya-Ukraina muzokaralarida qatnashish uchun uchun Turkiyaga bormaydi.
Reuters suhbatdoshi bu haqda Kreml Rossiya delegasiyasi a’zolari ro‘yxatini e’lon qilganidan keyin ma’lum qildi. Ushbu ro‘yxatdan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Istanbulga bormasligi ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Tramp agar Vladimir Putin Turkiyaga boradigan bo‘lsa, Yaqin Sharqdagi safari yo‘nalishini o‘zgartirib, Istanbulga borishi mumkinligini aytgan edi.