Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp Turkiya bilan urush boshlashga tayyor - AQSh davlat kotibi

Tramp Turkiya bilan urush boshlashga tayyor - AQSh davlat kotibi

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, "agar harbiy harakatlar zarur bo‘lsa, prezident to‘liq bunday qaror qabul qilishga tayyor"

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya bilan urush boshlashga tayyor, deb bayonot qildi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo CNBC telekanaliga bergan intervyusiga.

Pompeo Tramp Anqaraga qarshi harbiy harakatlarga tayyorligini, biroq Vashington "urushdan ko‘ra tinchlikni afzal ko‘rishini" ta’kidladi.

"Lekin siz bilishlaringiz shart: agar harbiy harakatlarga zarurat tug‘ilsa, prezident bu qarorni qabul qilishga to‘laligicha tayyor", - dedi Davlat departamenti rahbari.

Turkiya 9 oktyabrdan Suriya shimoli-sharqida qurd otryadlariga qarshi "Tinchlik bulog‘i" nomli operasiyani o‘tkazmoqda. 17 oktyabr kuni AQSh va Turkiya bu operasiyani 120 soatga to‘xtatib turishga va qurdlardan tashkil topgan otryadlarni Turkiya-Suriya chegarasidagi Anqara mustaqil nazorat qilishni xohlayotgan 30 kilometrlik bufer zonadan chiqarishga kelishdi.

Suriya hukumati Turkiyaning SARdagi bosqinchilik siyosatini ko‘p marotaba qoralagan. Moskva Anqara Suriyada 2011 yildan buyon davom etib kelayotgan mojaroni barqarorlashtirish yo‘liga to‘siq bo‘ladigan harakatlardan tiyilishi zarurligini ta’kidladi. 

21 oktyabr kuni turk harbiy operasiyasi tufayli Suriyadagi 12ta chet el jangarilari saqlangan qamoqxonalar qo‘riqchilarsiz qolgani ma’lum bo‘ldi. Mahbuslar o‘z tarixiy vatanlariga qaytishlari mumkin.

Manba: sputniknews-uz.com

 

Kiritildi: 22:17 22.10.2019. O'qildi: 1587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!