Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp “Tinchlik kengashi” nizomini imzoladi

Tramp “Tinchlik kengashi” nizomini imzoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zi tomonidan tashkil etilgan yangi xalqaro tuzilma — “Tinchlik kengashi” nizomini imzoladi. Hujjatni imzolash marosimi Davosda bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida o‘tkazildi.

Marosimda Yaqin Sharq va Janubiy Amerika mamlakatlari (Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Argentina, Paragvay) vakillari, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va boshqa davlat yetakchilari ishtirok etdi.

CNN'ning qayd etishicha, sahnada Tramp bilan birga 18 mamlakat vakillari bo‘lgan, ammo Qo‘shma Shtatlarning G‘arbiy Yevropadagi an’anaviy ittifoqchilaridan birortasi ham qatnashmagan.

Trampning marosimdagi nutqida aytishicha, “Tinchlik kengashi” boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar bilan, jumladan BMT bilan hamkorlik qiladi.

"Biz butun dunyoda tinchlik o‘rnatmoqchimiz", — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Kiritildi: Bugun 17:03. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!