AQSh Eronning muzokaralar olib borish uslubidan norozi.
"Tasnim" agentligining xabar berishicha, bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp OAVga ma’lum qilgan.
"Shunga qaramay, men Eron bilan keng ko‘lamli muhokamalar o‘tkazilishini kutmoqdaman", — dedi u.
Oq uy rahbari, shuningdek, hozircha Eron masalasi bo‘yicha yakuniy qarorga kelmaganini ta’kidladi:
"Men Eron bilan kelishuvga erishishni istayman. Ushbu mamlakat yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin emas. Eron o‘sha "oltin so‘zlarni" — "biz yadroviy qurolni xohlamaymiz" degan jumlani aytmayapti".