Tramp Atlantika okeanini o‘z nomi bilan atashni taklif qilgan, Google esa rad etgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Google rahbariyatidan Atlantika okeani nomini o‘zgartirishni so‘ragan, ammo rad javobini olgan. U bu haqda Janubiy Karolinadagi mitingda so‘zlagan nutqi chog‘ida kompaniya bosh direktori Sundar Pichai bilan telefon orqali suhbatlashganini aytib berdi.
Trampning aytishicha, u Pichaiga Atlantika okeani nomini o‘zgartirish haqida o‘ylayotganini aytgan. Biroq Google rahbari okeanlar bir nechta mamlakat qirg‘oqlarini yuvib o‘tishi sababli bunday o‘zgarish kirita olmasligini bildirgan.
Tramp oxir-oqibat bu g‘oyasidan voz kechib, okeanning avvalgi nomini saqlab qolishga qaror qilganini aytdi.