Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyaning AQShga dushman bo‘lmasligi shartini aytdi

Tramp Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyaning AQShga dushman bo‘lmasligi shartini aytdi

AQShning sobiq yetakchisi Donald Tramp Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyaning AQShga dushman bo‘lmasligi shartini aytdi.

Tramp agar Oq uyning boshida “aqlli prezident” bo‘lsa, Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya AQShga dushman bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Bizning tashqi dushmanlarimiz bor — Xitoy, Rossiya, Shimoliy Koreya. Ammo, aslida, agar sizda aqlli prezident bo‘lsa, ular dushman bo‘lmaydi. Agar sizda aqlli prezident bo‘lsa, ular sizga dushman bo‘lmaydi va siz shunchaki til topishib ketasiz, — dedi Tramp Virjiniyadagi mitingda.

Siyosatchi uning ma’muriyati davrida Qo‘shma Shtatlar boshqa mamlakatlar hurmatiga sazovor bo‘lganiga va “hech qanday muammoga duch kelmaganiga” ishonch bildirgan. Trampning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarning eng ashaddiy dushmanlari mamlakat tashqarisida emas, balki mamlakat ichidadir.

Kiritildi: 17:12 29.06.2024. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!