AQSh prezidenti Donald Tramp buyragidan bezovta bo‘lib, bir hafta shifoxonada davolanib chiqqan turmush o‘rtog‘ining ismini «Twitter»da xato yozdi. Bu haqda «xabar.uz» xabar bermoqda.
Donald Tramp «Melania» o‘rniga «Melanie» deb xato yozgani uchun ijtimoiy tarmoqlarda masxara qilindi.
Tramp darhol xatosini to‘g‘rilab, turmush o‘rtog‘ining ismini to‘g‘ri yozdi.
«Birinchi xonimning Oq uyga qaytishi – quvonarli. Uning sog‘lig‘i juda yaxshi. Ezgu tilaklaringiz uchun tashakkur», – deyiladi Trampning tvitida.