Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Putinga: "Va’da beraman, sizga yordam qo‘lini cho‘zaman"

A A A
Tramp Putinga: "Va’da beraman, sizga yordam qo‘lini cho‘zaman"

AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga koronavirusga qarshi yordam ko‘rsatishga va’da berdi. Bu haqda Oq uy bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xususan, Tramp Putinga Rossiyaga tibbiy uskunalar yuborishni taklif qildi. Yetakchilar pandemiyaga qarshi kurashni davom ettirishga kelishib oldilar va erishilgan natijalarni yuqori baholadilar.

Amerika rahbari Rossiya va Xitoy ishtirokida qurol nazorati masalasini muhokama qilishga tayyorligini qo‘shimcha qildi. U qimmatbaho qurol poygasidan qochishni xohlayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, rahbarlar bir-birlarini G‘alaba kuni bilan tabriklashdi.

 

Kiritildi: 20:52 07.05.2020. O'qildi: 4942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik