Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden Amerika Qo‘shma Shtatlarining amaldagi Prezidenti Donald Trampning nima uchun Rossiya va Tolibon o‘rtasidagi "kelishuv" mavzusini muhokama qilishni istamasligi haqida gapirdi.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Amerika rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putindan qo‘rqadi, deb yozmoqda CNN.
Ta’kidlanishicha, 31 oktyabr kuni Michigan shtatidagi miting paytida Bayden yana Afg‘onistondagi AQSh harbiylariga qarshi Moskva va Tolibonning til biriktirganligi haqidagi soxta ma’lumotni eslagan.
Aytish kerakki, avvalroq ushbu mish-mishni nafaqat Rossiya tomon, balki AQSh razvedkasi, shuningdek, Tolibon vakillari ham rad etishgan.
Demokratning aytishicha, Trampning ushbu mavzuni muhokama qilishni istamasligi uni "Rossiya hokimiyatining qo‘g‘irchog‘iga" aylantirmoqda.
“Afg‘onistonda xizmat qilayotgan amerikalik askarlarning boshlari uchun mukofot beriladi, Tramp esa unga [Vladimir Putin] qarshi turishdan juda qo‘rqadi. Tramp u bilan olti marta gaplashgan va bu haqda hech qachon gapirmagan”, - dedi Bayden.
Shuningdek, u Oq uyning amaldagi rahbarini AQShning dunyo miqyosidagi obro‘sini pasaytirganlikda va Vashingtonning NATO va Yevropa Ittifoqidagi ittifoqchilari bilan ziddiyatlarni kuchaytirayotganlikda aybladi.