Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Putin va Si Jinpingni G20 sammitida ko‘rishni istamoqda

Tramp Putin va Si Jinpingni G20 sammitida ko‘rishni istamoqda

Tramp 2026 yilda Mayamida o‘tadigan G20 sammitida Putin va Si Jinpingning albatta ishtirok etishi imkonini ko‘rib chiqmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp 2026 yilda Mayami shahrida o‘tadigan G20 sammitiga Rossiya rahbari Vladimir Putin va Xitoy yetakchisi Si Jinpingni taklif qilish niyati borligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular «kuzatuvchi» sifatida qatnashishi mumkin. Holbuki Rossiya ham, Xitoy ham G20 a’zolari hisoblanadi.

«Men ularning tashrifidan mamnun bo‘lardim. Ular kuzatuvchi sifatida kelishi mumkin. Boshqa gap — ular o‘zlari bunday maqomda qatnashishni xohlaydimi-yo‘qmi. Agar xohlashsa, muhokama qilishimiz mumkin», — dedi Tramp sammit haqidagi qarorni imzolar ekan.

Uning aytishicha, sammit 2026 yil 14–15 dekabr kunlari Mayamidagi Doral golf-kurortida o‘tkaziladi. Sammit dasturini moliya vaziri Skott Bessent ishlab chiqmoqda va u iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Shuningdek, Trampning so‘zlariga ko‘ra, Polsha ham sammitda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishni so‘ragan va AQSh bu taklifni qabul qilgan. Bu G20 sammiti AQShda 2009 yildan buyon ilk marta o‘tkaziladi.
Ayni paytda G20’ga Janubiy Afrika Respublikasi raislik qilmoqda va joriy yilgi sammit 21–22 noyabr kunlari Yohannesburgda bo‘lib o‘tadi. Tramp JAR siyosatidan norozi bo‘lgani sababli bu sammitga bormasligini aytgan va o‘rniga vise-prezident Jey Di Vensni yuboradi.

Iyun oyida JAR prezidenti Vladimir Putinni Yohannesburgdagi sammitga taklif qilgan. Biroq Putinning ishtirok etishi hali rasman tasdiqlanmagan. Xalqaro jinoiy sud Putinga urush jinoyatlari bo‘yicha order bergani bois, 2025 yilgi sammitga uni chaqirmaslikka qaror qilingan edi.
G20 tarkibiga 19 davlat va 2 mintaqaviy tashkilot — Yevropa Ittifoqi hamda Afrika ittifoqi kiradi. Ushbu guruh jahon YAIMining 85 foizi va xalqaro savdo hajmining 75 foizini tashkil etadi.

Kiritildi: 16:28 07.09.2025. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!