Bu haqda Washington Post nashriga uch nafar anonim manba ma’lum qilgan.
Gap 1984 yilda o‘sha paytdagi AQSh prezidenti Ronald Reygan tomonidan Baltimorda o‘rnatilgan haykal haqida ketmoqda. 2020 yilda BLM faollari uni ag‘darib, suvga tashlagan edi.
Keyinchalik italiyalik-amerikalik biznesmenlar va siyosatchilar guruhi haykalning vayron bo‘lgan qismlarini suvdan chiqarib olgan.