Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp nutq so‘zlagan konferensiyaga tashrif buyurganlardan biridan koronavirus topildi

Tramp nutq so‘zlagan konferensiyaga tashrif buyurganlardan biridan koronavirus topildi

AQShda Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasiga tashrif buyurgan mehmonlarning biridan olingan tahlil namunalari unda koronavirus borligini ko‘rsatdi. Bu haqda tadbir tashkilotchisi hisoblangan Amerika konservativ ittifoqi (ACU) ma’lum qildi. 26—29 fevral kunlari Merilend shtatidagi Fort-Vashingtonda bo‘lib o‘tgan tadbirda Oq uyning ko‘plab amaldorlari qatnashgan edi.

Bu yilgi konferensiyada AQSh prezidenti Donald Tramp va vise-prezident Mayk Pens chiqish qilgan edi. ACU vakillarining ma’lum qilishicha, bemor Tramp va Pens bilan muloqotda bo‘lmagan, shuningdek, asosiy zaldagi tadbirlarda qatnashmagan. Kasallangan shaxs karantinga olingan, u Nyu-Jersida shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. Qo‘shimcha qilishlaricha, prezident ma’muriyati vaziyatdan boxabar.

Oq uy vakillari konferensiya ishtirokchilaridan biri koronavirusga tekshirilganidan xabardorligini bildirdi. «Hozirda prezident Tramp va vise-prezident Pens kasallangan tashrifchi bilan uchrashgani yoki u bilan yaqin kelganini tasdiqlovchi biror belgi yo‘q», — deya prezident ma’muriyati bayonotidan iqtibos keltirmoqda CNN.

Business Insider‘ning qayd etishicha, konferensiyada 19 mingga yaqin odam qatnashgan. Tramp uning so‘nggi kunida — 29 fevralda nutq bilan chiqish qilgan. Merilend shtati gubernatori Larri Hogan forumning istalgan tashrifchisi kasallanish xavfi ostida ekanini aytib, kimda virus alomatlari paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishga chaqirdi.

Kiritildi: 16:19 08.03.2020. O'qildi: 3959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!