Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tramp nega mag‘lub bo‘lgani aytildi

A A A
Tramp nega mag‘lub bo‘lgani aytildi

Donald Tramp prezidentligi davrida mamlakatda madaniy urushlar avj oldi, ular koronavirus pandemiyasiga qo‘shildi. Bu ikki omil Trampning saylovlardagi yutqazishini ta’minladi. Bu haqda amerikalik olim, Sankt-Peterburgdagi Yevropa universiteti sheriklik markazlarini rivojlantirish dasturi direktori Ivan Kurill ma’lum qildi.

«Demokratlardan va ularga hamdard bo‘lganlardan tashkil topgan jamiyatning yarmi Tramp Amerika siyosatini noto‘g‘ri tomonga burmoqda deb hisoblar edi. Amaldagi prezidentdan voz kechish misli ko‘rilmagan darajada avj oldi”, - deya ta’kidladi ekspert.

"Koronavirus pandemiyasi Trampning ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Hamma Tramp sodir bo‘layotgan voqealarni nazorat qilolmaganini tan oladi, – deya qo‘shimcha qildi ekspert. – Ammo, agar pandemiya bo‘lmasa, mamlakat iqtisodiyoti o‘sishda davom etardi va Tramp g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lardi. Baydenga kelsak, u endi 2016 yildan oldingi jamiyatni qaytarishga harakat qiladi.

Kiritildi: 18:04 09.11.2020. O'qildi: 4052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik