Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Moskvaning Xitoy bilan aloqalarini buzmoqchimi?

A A A
Tramp Moskvaning Xitoy bilan aloqalarini buzmoqchimi?

Xalqaro masalalar bo‘yicha eronlik ekspert ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning butun Xitoyga qaramligini kamaytirish va Moskvaning Xitoy bilan aloqalarini buzish maqsadida Ukrainaning to‘rtta viloyatini Rossiya tomonidan bosib olinganini tan olmoqchi.

Hasan Beheshti-Pourning ta’kidlashicha, Ukrainaning haqiqiy bo‘linishi Yevropada qit’aning ob’ektiv manfaatlariga zid keladigan yangi kuchlar muvozanatini yaratadi. Qo‘shma Shtatlar esa, birinchi navbatda, o‘zining siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini ta’minlashga intiladi.

Mutaxassis, shuningdek, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar faqat Ukraina bilan cheklanib qolmasligi, balki kengroq global muammolarga to‘xtalib o‘tishini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:35 24.02.2025. O'qildi: 1589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!