Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Tramp maslahatchisi: AQSh Suriyani tark etishi kerak

Tramp maslahatchisi: AQSh Suriyani tark etishi kerak

AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha bo‘lajak maslahatchisi Mayk Uolts AQSh harbiylari Suriyada bo‘lmasligi kerakligini aytdi.

Bu haqda u o‘z intervyusida aytib o‘tdi va bu pozisiya saylovchilarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlagan mandatga mos kelishini ta’kidladi.

“Prezident Tramp mutlaqo haq. Aksariyat amerikaliklar “Bizni Yaqin Sharqdagi mojarolarga tortmang” degan pozisiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Biz harbiylarimizning Suriyada bo‘lishini yoki u yerdagi amaliyotlarda qatnashishini istamaymiz”, — dedi Vels.

Shu bilan birga, AQSh mintaqadagi voqealarni kuzatishda davom etishini, Daish terror tashkiloti harakatlari va Isroil chegarasidagi vaziyatga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Vels Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’lon qildi va Qo‘shma Shtatlar bunday rejalarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.

Avvalroq Suriya yetakchisi Ahmad al-Shara AQSh Davlat kotibining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha yordamchisi Barbara Lif boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashgan edi. Baas rejimini ag‘dargan Harbiy operasiyalar qo‘mondonligi, Damashqda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish natijalari haqida bayonot berdi.

Hujjatda aytilishicha, Suriyaning yangi ma’muriyati Amerika vakillarining tashrifini olqishlagan. Ahmad al-Shara Qo‘shma Shtatlarni mamlakatni barcha darajadagi qayta tiklashni qo‘llab-quvvatlashga va Suriyaning tiklanishiga to‘sqinlik qilayotgan va xalqning azob-uqubatlarini oshirayotgan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi.

“Suriya xalqiga urushlar va mojarolarsiz yangi davr kerak”, dedi al-Shara. Uning ta’kidlashicha, suriyaliklar Bashar al-Assad rejimini ag‘darish va mintaqani xaosdan himoya qilishda muhim rol o‘ynagan.

Kiritildi: 23:27 23.12.2024. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!