Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp ma’muriyati sudga berildi

A A A
Tramp ma’muriyati sudga berildi

AQShda Nyu-York shtati bosh prokurori Barbara Andervud mamlakat prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bunga rasmiylar internetda 3D-printerda to‘pponcha yasash bo‘yicha yo‘riqnomani e’lon qilishga yo‘l qo‘yib bergani sabab bo‘lgan. Bu haqda bosh prokuror saytida xabar qilingan.

"Kun" nashrida ta’kidlanishicha, da’vo arizasi «Ikkinchi o‘zgartirish» jamg‘armasi va Defense Distributed kompaniyasiga qarshi qaratilgan. Shuningdek, uni boshqa shtatlarning ayrim prokurorlari ham qo‘llab-quvvatladi.

«Jinoyatchilarga 3D-printerda bosib chiqarilgan, aniqlanmaydigan, kuzatib borib bo‘lmaydigan to‘pponchalarni yaratish bo‘yicha yo‘riqnomani berish ahmoqlik. Biroq, Tramp ma’muriyati aynan shunga ruxsat bermoqda», - deyiladi hujjatda.

Bosh prokurorning da’vo arizasida talab qilishicha, internetda to‘pponchani yig‘ish bo‘yicha yo‘riqnomaning tarqalishini to‘xtatish kerak.

Kiritildi: 15:41 31.07.2018. O'qildi: 1443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik