Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp ma’muriyati Kanadadagi Alberta provinsiyasi faollari bilan yashirincha uchrashganmi?

Tramp ma’muriyati Kanadadagi Alberta provinsiyasi faollari bilan yashirincha uchrashganmi?

Tramp ma’muriyati Kanadadagi Alberta provinsiyasining ayirmachi faollari bilan bir necha marta yashirincha uchrashgan, deb yozmoqda Financial Times.

Nashrning yozishicha, muzokaralar o‘tgan yilning aprel oyidan buyon uch marta bo‘lib o‘tgan. Alberta mustaqilligi tarafdorlari yetakchilari AQSh Davlat departamenti va Moliya vazirligi bilan yangi uchrashuvga erishmoqchi va referendum ma’qullangan taqdirda Qo‘shma Shtatlardan 500 milliard dollar kredit so‘rashni rejalashtirmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, garchi Trampning atrofidagilar Albertani resurslari va mintaqaning mustaqil tabiati tufayli “tabiiy hamkor” deb atashsa-da, Vashington bu kabi moliyalashtirishga rozi bo‘lmaydi.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!