Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp ma’muriyati Garvard grantlarini yana 450 mln dollarga qisqartirmoqchi

A A A
Tramp ma’muriyati Garvard grantlarini yana 450 mln dollarga qisqartirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Garvard universitetiga qarshi bosimni kuchaytirib, unga ajratilgan yana 450 mln dollarlik grantni to‘xtatdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Bu avval to‘xtatilgan 2,2 mlrd dollarlik federal mablag‘larga qo‘shimcha bo‘ldi.

Oq uy ishchi guruhi universitetni irqiy kamsitish va antisemitizmda ayblab, unga davlat yordami to‘xtatilishini talab qilmoqda. Mojaro Garvardda o‘tgan yil davomida o‘tkazilgan Falastin tarafdorlarining namoyishlari ortidan boshlangan edi.

Universitet prezidenti Alan Garber Tramp ma’muriyatining talablarini rad etib, Garvard siyosiy bosim ostida o‘z prinsiplaridan voz kechmasligini bildirdi

Kiritildi: 16:22 14.05.2025. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!