Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Tramp ko‘rsatma berishga chaqirtirildi

Tramp ko‘rsatma berishga chaqirtirildi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi qo‘mitasi sobiq prezident tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirgan 2021 yil 6 yanvar voqealari bo‘yicha tergov doirasida Trampni rasman ko‘rsatma berishga chaqirishga qaror qildi.

"U javobgarlikka tortilishi kerak. U o‘z qilmishlari uchun javob berishi kerak", — dedi qo‘mita raisi Benni Tompson Trampni ko‘rsatma berishga chaqirtirish qarorini izohlar ekan.

Qo‘mita a’zolarining fikricha, Donald Tramp 6 yanvar voqealarida bevosita aybdor: "u prezidentlik saylovlari natijalari soxtalashtirilganligini hech qanday dalilsiz aytdi va nutqidan so‘ng darhol uning tarafdorlari Kapitoliy binosiga bostirib kirishdi".

Buning natijasida besh kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohat olgan edi.

Kiritildi: 14:17 14.10.2022. O'qildi: 3648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!