Bugun 27 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Kurlika nomli kurkani afv etdi

Tramp Kurlika nomli kurkani afv etdi

AQSh Prezidenti Donald Tramp minnatdorchilik kuni munosabati bilan Kurlika nomli kurkani rasman afv etdi.

U hazilomuz tarzda “Avval kurkaning suratini ko‘rganimda uni Nensi Pelosi deb atashni o‘yladim, lekin bunday nom qo‘ysam, uni hech qachon afv etmasdim”, dedi.

Qo‘shma Shtatlarda noodatiy an’ana bor. Shukrona kunida prezident “afv etishi” uchun Oq uyga kurka olib kelinadi. Shundan so‘ng so‘yilishdan saqlab qolingan jonivor maxsus fermaga yoki universitet bog‘iga yuboriladi, u yerda umrining oxirigacha yashaydi.

Ba’zi manbalarga ko‘ra, an’ana ildizlari XIX asrga borib taqaladi. Rasman esa 1989-yilda "Katta Bush" tomonidan boshlangan. Xullas, Tramp ham shu odatga muvofiq ish qilibdi.

Kiritildi: 21:46 26.11.2025. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!