“Qo‘shma Shtatlar Demokratik Partiyasi mamlakatni Venesuelaga aylantirmoqchi, uning vakillari esa jinoyatchilardir”. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp bayonot berdi.
"Ular erkinlikni sosializm bilan almashtirishni istaydilar. Demokratlar Amerikani Venesuyelaga aylantirishni xohlashadi", deya Trampning so‘zlarini keltiradi TASS .
Vashington va Karakas o‘rtasidagi munosabatlar may oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari ortidan kuchayib ketgandi. Keyin Maduro yangi muddatga saylandi. Avgust oyi oxirida esa Oq Uy Venesuelaning neft sektoriga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirayotganini e’lon qilgandi.