Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar prezidenti bir necha urushlarning yadroviy tus olishiga yo‘l qo‘yilmaganini bildirgan.
"Qo‘shma Shtatlar — dunyodagi eng qudratli davlat. Birinchi prezidentlik muddatimda biz armiyamizni to‘liq qayta qurib chiqdik, jumladan yangi va ko‘plab modernizasiya qilingan yadroviy qurollarni ham joriy etdik. Shuningdek, men Kosmik kuchlarni tashkil qildim va hozir ham Qurolli kuchlarimizni dunyo hali ko‘rmagan darajalarda mustahkamlashda davom etyapmiz. Hatto Ikkinchi jahon urushi davrida dengizlarni kezgan “Ayova”, “Missuri”, “Alabama” va boshqa kemalardan 100 baravar qudratli jangovar kemalarni ham safga qo‘shyapmiz.
Men Pokiston va Hindiston, Eron va Isroil hamda Rossiya va Ukraina o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yadroviy mojarolarning oldini oldim. New START'ni (Qo‘shma Shtatlar uchun yomon kelishilgan va bundan tashqari qo‘pol ravishda buzib kelinayotgan bitimni) uzaytirish o‘rniga, biz yadroviy mutaxassislarimizga kelajakda uzoq yillar davomida amal qilinadigan yangi, yaxshilangan va modernizasiya qilingan shartnomani ishlab chiqishni topshirishimiz kerak", — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.