AQSh prezidenti Donald Tramp yaqinda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Indan "yaxshi xat" olganini aytdi. Amerika prezidenti bu haqda Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida aytdi, deya xabar beradi “TASS”.
"Kim Chen Indan yaxshi xat keldi. O‘ylaymanki, biz birlashamiz ", dedi Tramp KXDRning raketa sinovlarini sharhlab. Uning ta’kidlashicha, agar u AQSh prezidenti bo‘lmaganda, mamlakat Shimoliy Koreya bilan urush qilgan bo‘lar edi.
14 aprel kuni Shimoliy Koreyaning Yaponiya dengizi ustidan bir necha marta o‘q uzgani haqida xabar berildi. Janubiy Koreya rasmiylariga ko‘ra, bular qisqa masofaga mo‘ljallangan kemaga qarshi raketalar bo‘lgan.
Mart oyining oxirida Tramp Shimoliy Koreya rahbariga uni koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda hamkorlik qilishga chaqirgan xat yubordi. Amerika prezidenti ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z rejasini taklif qildi. Tramp Kim Chen Inning fuqarolarni epidemiyadan himoya qilish uchun qilgan harakatlarini maqtadi.