AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, G‘azo to‘liq qayta quriladi, isroillik garovdagilar esa dushanba yoki seshanba kuni ozod qilinadi.
"Hozir G‘azoda yashashning iloji yo‘q, biz u yerda odamlar yashay oladigan sharoitni yaratamiz" dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar vakillari, shu jumladan, uning o‘zi Isroil va HAMAS o‘rtasidagi bitimni imzolash uchun Misrga boradi.
Shuningdek, AQSh prezidenti yettita urush yoki yirik mojaroni hal etganini va sakkizinchisi, Rossiya va Ukraina urushi bo‘lishini, bu ham tez orada sodir bo‘lishiga ishonishini aytdi.