Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

“Tramp ikkinchi marotaba prezident bo‘lishi mumkin...”

A A A
“Tramp ikkinchi marotaba prezident bo‘lishi mumkin...”

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lgan AQSh prezidenti Donald Tramp nazariy jihatdan yana mamlakatni boshqarishi mumkin.

Bu haqda Daniyaning “Saxo Bank” direktori, bankning yillik "hayratlanarli prognozlari" muallifi Stin Yakobsen ma’lum qildi.

"U [Tramp] hammaga 2024 yilgi kampaniyasini Baydenning inaugurasiya kuni - yanvar oyida boshlashini aytmoqda, shu bois uning qayta saylanishi ehtimoldan xoli emas", dedi Yakobsen Tramp yana prezident bo‘lishi mumkinmi degan savolga.

Shu bilan birga, direktor respublikachining imkoniyati deyarli yo‘q deb hisoblamoqda.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar islohotlarga muhtoj, Tramp esa o‘zini xuddi 1950 yoki 1960 yillarda yashayotgandek tutadi.

Kiritildi: 20:23 14.12.2020. O'qildi: 5576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik