AQSh prezidenti Donald Tramp Minneapolis shahrida ICE (Immigrasiya va bojxona nazorati) xodimi tomonidan ayolning otib o‘ldirilishi “o‘zini himoya qilish” doirasida sodir bo‘lganini aytdi.
Tramp Truth Social’dagi postida ayolni “professional provokator” deb atab, u ICE xodimiga qasddan avtomobil bilan hujum qilganini iddao qildi. Prezidentga ko‘ra, ofiser shu sababli o‘q uzgan.
Oq uy rahbari hodisa uchun “radikal chap qanot”ni ayblab, ICE xodimlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Hodisa Minnesota shtatida noqonuniy migrasiyaga qarshi operasiya vaqtida yuz bergan. Ichki xavfsizlik departamenti ham ayol ofiserni bosib o‘tmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi.
Biroq Minnesota gubernatori Tim Uolz va Minneapolis meri Jeykob Frey Tramp ma’muriyati bayonotlarini tanqid qildi. Mer voqea bo‘yicha zudlik bilan tergov o‘tkazishga chaqirdi. Jabrlanuvchi 37 yoshli AQSh fuqarosi bo‘lgani aytilmoqda.