Gazeta daromadlar qatorida ko‘chmas mulk bitimlari, kriptovalyuta operasiyalari hamda Vashingtonda ochilishi rejalashtirilayotgan xususiy klubni ta’kidlab o‘tdi.
"O‘tgan bir oy ichida Tramp kompaniyalariga kamida 2 milliard dollar mablag‘ kirib keldi. Korxonalar tarkibiga ko‘chmas mulk, kriptovalyuta va Vashingtonda a’zolik badali 500 ming AQSh dollari bo‘lgan xususiy klub kiradi. Endi Qatar unga yangi prezident samolyotini taqdim etishi mumkin."
Gazetaning ta’kidlashicha, yuridik jihatdan vaziyatni manfaatlar to‘qnashuvi deb baholash mumkin emas, chunki Trampning kompaniyalarini uning o‘g‘illari - Erik va kichik Donald boshqarmoqda.