Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp har kuni o‘n ming dollar to‘lashga majbur

A A A
Tramp har kuni o‘n ming dollar to‘lashga majbur

Nyu-York sudi dushanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisda AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni sudga hurmatsizlik qilganlikda aybdor, deb topdi, deyiladi Nyu-York bosh prokurori Letisiya Jeyms bergan bayonotda.

Bundan tashqari, sud Amerikaning sobiq prezidentiga uning Trump Organization kompaniyasi tomonidan gumonlanayotgan jinoyatlar bo‘yicha tergov ishlariga zarur bo‘lgan hujjatlarni berishdan bosh tortgani uchun har kuni 10 ming dollar to‘lash majburiyatini yukladi. Tramp ushbu pullarni sud talabini bajarmagunicha to‘layveradi.

"Bugun adolat tantana qildi. Bizning Donald Tramp va Trump Organization kompaniyasining moliyaviy amaliyotlarini tekshirishlarimiz davom etadi, chunki hech kim qonundan yuqori emas", – deya izoh berdi Jeyms o‘zining Twitterdagi sahifasida.

Trampga qarashli bo‘lgan kompaniyaga nisbatan tergov ishlarining ochilishiga kreditlar bo‘yicha yaxshiroq shartlarga ega bo‘lish, sug‘urta, hamda soliq stavkalari bo‘yicha ko‘chmas mulk sohasida turli aktivlarning narxlari bilan manipulyasiya qilingani sabab bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:13 26.04.2022. O'qildi: 5092 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik