Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Fox News’ni ogohlantirdi

Tramp Fox News’ni ogohlantirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanali Kongress saylovlari oldidan o‘tkazilayotgan uning mitinglarini namoyish etmasa, reytinglari tushib ketishi mumkinligini aytdi.

«Boshqa telekanallar bu mitinglarni yoritmoqda — qolaversa, juda ijobiy tarzda, hatto «aql bovar qilmaydi!» degudek. Bizning odamlarimiz mitinglarimizni va ular haqidagi xabarlarni Fox News orqali ko‘rishni istaydi. Aks holda, ular juda tez telekanalni ko‘rishdan voz kechadi. Xuddi men hozir qilayotganim kabi», — deb yozdi u Truth Social tarmog‘ida.

Trampni telekanalning yakshanba kungi dasturida Ogayodagi miting hamda boshqa kunlarda o‘tkazilgan shunga o‘xshash tadbirlar haqida syujetlar bo‘lmagani norozi qildi.

Siyosatchining ta’kidlashicha, agar telekanal respublikachilar faoliyati o‘rniga muxolifat harakatlarini ko‘proq namoyish etsa, uning reytinglari «soxta CNN va MSNOW» darajasigacha tushib ketadi.

Kiritildi: 19:26 04.10.2026. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!