Xabar qilinishicha, Donald Tramp jamoasidagi yuqori martabali amaldorlar mintaqani o‘zgartirish bo‘yicha kengroq strategiya doirasida bir milliongacha falastinlikni – G‘azo aholisining deyarli yarmini Liviyaga ko‘chirish rejasi ustida ishlamoqda.
NBC News telekanalining 16-may kuni beshta xabardor manbasiga tayanib xabar berishicha, reja falastinlik qochqinlarni qabul qilish evaziga Liviyaga milliardlab dollar muzlatilmagan aktivlarni taklif qilishni o‘z ichiga oladi.
Ikki manbaning aytishicha, muhokamalar Liviya rahbariyati bilan muzokaralar darajasiga yetgan, uchtasi esa Isroil bu tashabbusdan xabardor bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, Trampning o‘zi G‘azoni AQSh nazoratidagi “erkin hudud”ga aylantirishni taklif qilgan va mintaqadagi uzoq yillik beqarorlik qat’iy choralar ko‘rishni talab qilgan.
Aytish joizki, Trampning G‘azoga nisbatan “erkinlik zonasi” “falastinliklardan ozodlik” degan ma’noni anglatadi. Bu tashabbus avvalroq barcha arab davlatlarining tanqidiga sabab bo‘lgan va zo‘ravonlik va qabul qilib bo‘lmaydigan deb atalgan.