Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp Yevropaga: "Agar aytganimni qilmasangiz, ISHIDni qo‘yib yuboraman"

Tramp Yevropaga: "Agar aytganimni qilmasangiz, ISHIDni qo‘yib yuboraman"

AQSh prezidenti Donald Tramp ISHID terrorchilik tashkilotining qo‘lga olingan barcha jangarilarini Yevropa olib ketmaydigan bo‘lsa, ularni qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Biz ISHIDning minglab jangarilarini ushlab turibmiz va Yevropa ularni olib ketishini xohlaymiz. Agarda ular bundan bosh tortsa, ularni Yevropaga qo‘yib yuborishga majbur bo‘lamiz”, - dedi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya va Iroqda jang qilgan yevropaliklar soni ikki yarim mingga yaqin.

”Biz ularni Yevropa olib ketishini istaymiz, chunki ular ortga - Yevropaga qaytayotgan edi”, - dedi AQSh yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval senator Trampga Guantanamoda ISHID jangarilar uchun harbiy qamoqxona ochishni taklif qilishgandi.

 

Kiritildi: 16:15 02.08.2019. O'qildi: 4288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!