AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalarga kamida to‘rt marta dronlar bilan hujum qilganini aytdi.
Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoq platformasida yozdi.
Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, dronlardan biri yuk kemasining yuqori palubasiga qulagan.
"Kema shikastlangan, ammo yo‘lida davom eta oldi. Biz qolgan uchta dronni urib tushirdik. Bu bizning sulh kelishuvimizni buzishdir", deb yozgan u.