Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Eronga yangi qurol qo‘llash bilan tahdid qildi

A A A
Tramp Eronga yangi qurol qo‘llash bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida agarda Tehron Amerika harbiy bazalariga hujum qiladigan bo‘lsa, Eronga qarshi yangi qurolni qo‘llash bilan tahdid qildi.

«AQSh yaqinda harbiy qurol uchun 2 trillion dollar sarfladi. Agar Eron Amerika bazasiga yoki biror amerikalikka hujum qilsa, biz mutlaqo yangi, ajoyib qurolimizning bir qismini zudlik bilan u tomonga yo‘llaymiz. Hech ikkilanmasdan», — deb yozdi AQSh prezidenti.

Avvalroq Tramp AQSh razvedkasi ma’lumotlariga zid ravishda Sulaymoniyni o‘ldirishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 20:13 05.01.2020. O'qildi: 2089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik