Bugun 14 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Eronga ishonmasligini bildirdi

Tramp Eronga ishonmasligini bildirdi

AQSh prezidenti Tehronni muzokaralar jarayonida Amerika tomoniga bir necha bor yolg‘on gapirishda aybladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp muzokaralar masalasida Eronga ishonmasligini bildirib, Tehron Amerika tomoniga bir necha bor yolg‘on ma’lumot berganini ta’kidladi.

Tramp bu bayonotni Ogayo shtatidagi tadbirdan Vashingtonga qaytish yo‘lida jurnalistlarning savollariga javob berayotganida bildirdi.

«Men Eronga ishonmayman. Nega men Eronga ishonaman, degandek gapiryapsiz? Men Eronga eng kam ishonaman. Ular menga doimo yolg‘on gapirishgan», — dedi AQSh prezidenti.

Tramp, shuningdek, AQSh Hurmuz bo‘g‘ozi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini bildirdi.

«Hozir Hurmuz bo‘g‘ozi ustidan to‘liq nazorat bizda. Nazorat ularda emas, to‘liq nazorat bizda. U bizniki», — dedi Tramp.

AQSh prezidenti o‘tgan oyda NATO sammiti yakunlanganidan so‘ng Turkiyadan uchib ketish vaqtida AQSh Maxfiy xizmati xavfsizlik nuqtai nazaridan unga boshqa samolyotdan foydalanishni tavsiya qilganini ham tasdiqladi.

Trampning aytishicha, u Maxfiy xizmat va harbiylar tavsiyasiga amal qilgan va ehtimoliy tahdidning aniq xususiyatlarini bilishga urinmagan.

«Menimcha, qandaydir tahdid bo‘lgan. Men bu haqda ko‘p surishtirmadim. Menga juda ko‘p tahdidlar kelib turadi», — dedi u.

Kiritildi: 22:05 12.08.2026. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!