Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Eron taklifiga shubha bilan qaramoqda — zarbalar qayta boshlanishi mumkin

Tramp Eron taklifiga shubha bilan qaramoqda — zarbalar qayta boshlanishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yetti kunlik o‘t ochmaslik rejimi va Hurmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha taklifiga shubha bilan qaramoqda. The Wall Street Journal nashri Vashingtondagi amaldorlarga tayanib xabar berishicha, Tramp noyabr oyida AQSh Kongressiga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlardan keyin Eronga qarshi zarbalarni qayta boshlash imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

"Tramp yopiq suhbatlarda Eron uning talablarini bajarishiga shubha bildirgan. Shuningdek, u o‘z xodimlariga bombardimonlar qayta boshlanishi ehtimoli yuqori, deb hisoblashini aytgan", — deyiladi nashr xabarida.

Manbalarga ko‘ra, hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Trampning keyingi pozisiyasiga noyabrdagi AQSh Kongressi oraliq saylovlari natijalari ham ta’sir qilishi mumkin.

Reuters esa hozircha The Wall Street Journal tarqatgan ushbu ma’lumotni mustaqil ravishda tasdiqlay olmaganini qayd etgan.

Kiritildi: Bugun 10:53. O'qildi: 196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!