AQSh prezidenti Donald Tramp NATOga a’zo davlatlar rahbarlarining Anqarada o‘tayotgan 36-sammiti doirasida NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berib, Eron bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi.
«Menimcha, sulh amalda tugagan», — dedi Tramp.
Shuningdek, u Eron rahbariyatini «shafqatsiz va zo‘ravonlikka moyil odamlar» deb atadi.
Trampning aytishicha, u AQSh muzokarachilari bilan maslahatlashadi. «Ular muzokara o‘tkazishni xohlayapti, yaxshi odamlar. Ammo mening fikrimcha, ular bilan ishlash vaqtni behuda sarflashdan boshqa narsa emas», — dedi AQSh prezidenti.