AQSh prezidenti Donald Tramp Eron kelishuv tuzishdan manfaatdor ekanligini va allaqachon Amerika tomoni bilan bog‘langanini aytdi.
Tramp bu bayonotni Oq uyda jurnalistlarning savollariga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi.
"Men aytishim mumkinki, boshqa tomon [Eron] biz bilan bog‘landi - ular haqiqatan ham kelishuvga erishmoqchi", deb ta’kidladi Tramp.
U yadro dasturi muzokaralardagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolishini ta’kidladi. "Munozara yadroviy masala haqida edi. Eron yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi. Biz ko‘p masalalarda kelishdik, ammo bu borada emas. Menimcha, ular kelishadilar", dedi u.
AQSh prezidenti shuningdek, Islomoboddagi muzokaralarda Amerika tomonini himoya qilgan vise-prezident Jey Di Vens va muzokarachilar Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning ishini yuqori baholadi.