AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni "qattiqqo‘l inson" va "ajoyib shaxs" deb ta’rifladi.
Habertürk xabariga ko‘ra, Oq uy rahbari bu fikrlarni Erdo‘g‘on va Fors ko‘rfazi davlatlari yetakchilari bilan uchrashuv chog‘ida bildirgan.
"Turkiyalik do‘stim Erdo‘g‘on — ajoyib inson. U juda qattiqqo‘l. U bilan hazillashmang", — dedi Tramp.