AQSh rahbari Donald Tramp Turkiyada uy qamog‘ida ushlab turilgan pastor Endryu Branson borasida prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an uning hafsalasini pir qilganini aytdi.
Tramp Bloomberg agentligi muxbiri bilan suhbatda avvaliga Erdo‘g‘an bilan aloqalari yaxshi bo‘lganini, biroq Branson ish bo‘yicha kelisha olmaganini bildirdi.
“Bu masala qanday hal bo‘lishini ko‘ramiz. Menimcha, yaxshilik bilan hal bo‘ladi”, – dedi u.
Izmirdagi cherkovlardan birida ishlagan Endryu Branson qariyb ikki yil avval hisbga olingan bo‘lib, terrorchilarga aloqadorlikda ayblanmoqda. U 35 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. AQSh esa Bransonning aybsizligin ta’kidlab, darhol ozod etilishini istamoqda.
Manba: azon.uz